Beepul to'lov servisi
Xizmat haqida
«Beepul» - bu smartfoningiz uchun qulay to’lov tizimdir!
Endi, «Beepul» ilovasi yordamida va bank karta bilan nafaqat o’z hisobingizni to’ldirishingiz mumkin, balki hisobni manfaatli to’ldirish imkoniyatingiz mavjud!
Hisobingizni «Beepul» orqali 8 420 so’m va undan ortiq miqdorda to`ldiring va «Bonus 50» aksiyasi bilan bonus sifatida tarmoq ichida foydalanish uchun 50 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 50 SMS, hamda 50 MB trafikga ega bo`ling.
Bu hammasi emas! «Beepul» to’lov tizimi orqali boshqa uyali aloqa operatorlari, Internet provayderlar va shu kabi to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Asosiy ma’lumotlar:
- Beeline abonentlari uchun ishlatilayotgan Internet trafikni sarflamaydi;
- Beeline oldindan to’lov tizimida hisobingizni 8 420 so’m va undan ortiq miqdorda to’ldirganingizda 7 kunga bonus sifatida tarmoq ichida foydalanish uchun 50 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 50 SMS, hamda 50 MB trafikga ega bo`lasiz. Bonuslar haqida batafsil ma’lumot;
- Hatto balansda pul miqdori bo’lmagan taqdirda ham, Internetga ulanmasdan Android yoki iOS ilova yordamida hisobni to’ldirishingiz mumkin;
- Beeline abonentlari uchun, tugmali telefonlarda «Beepul» to'lov tizimidan foydalanishda USSD-so'rovi yordamida *999# orqali hisobni to’ldirish mumkin;
- Avtoto’lovni o'rnating va zarur to'lovlar belgilangan vaqtda o'tkaziladi.
«Beepul» yordamida qanday hisobni to’ldirish mumkin?
- Android va iOS smartfonlar uchun, *2# yoki Play Market, Apple Store va Microsoft Store orqali yuklab oling;
- Tugmali telefonlar uchun - *999# terib, bank kartani ro'yxatdan o’tkazib, hisobni to’ldirishingiz mumkin;
- Shuningdek, to'lov tizimining Web sahifasi mavjud - www.beepul.uz
Diqqat!
1) Faqatgina «Beepul» tizimiga ulanib har qanday platforma yordamida to'lovlar amalga oshirishingiz mumkin;
2) Bank kartangizni ro'yxatdan o’tkazgandan so’ng, SMS-xabarnoma xizmatini raqamingizga ulash kerak. Agar SMS-xabarnoma yoqilmagan bo’lsa, siz har qanday bankda bankomat yordamida, yoki Beeline ofislarida ulashingiz mumkin.