Ishonchli to'lov


Agar sizning balansingiz nolga yaqin bo’lsa, ayni paytda hisobni to'ldirish imkoniyati bo’lmasa, unda «Ishonchli to'lov»dan foydalaning.
Qo'shimcha ma'lumot
«Ishonchli to'lov» - bu garchi sizning hisobingizdagi pul tugagan va o’z vaqtida hisobni to’ldirishning imkoni bo’lmagan taqdirda ham hamisha aloqada qolishning yana bir imkoniyati. Endi siz vaziyatga tobe bo’lmaysiz va chetdan yordam kutmasdan, siz hamisha va qaerda bo’lmang, hamma joyda o’z hisobingizni to’ldira olasiz.
«Beeline» o’z abonentlariga ishonadi, «Ishonchli to'lov» xizmati bilan siz qarz evaziga muloqot qilishingiz mumkin. Sizning so’rovingizga binoan sizga kelgusi to’lov hisobidan qarzga mablag’ taqdim etiladi – va siz zarur aloqa xizmatidan foydalanishda davom etishingiz mumkin.
Ushbu xizmatdan avvaldan hisob-kitob tizimi tarif rejasidan foydalanuvchi va «Beeline»ga uch oydan ilgari ulangan abonentlar foydalana olishlari mumkin. Xizmat xonadon tarmog’ida ham, roumingda ham bemalol.
Ulanish
Xizmatdan foydalanish uchun hisobda minus 842 so`m dan kam va 18 945 so`m dan ko’p bo’lmagan mablag’ qolgan bo’lmog’i lozim.
Xizmatni faollashtirish uchun tekin 064046 raqamiga qo’ng’iroq qilish lozim.
Aloqa xizmati uchun siz so’nggi 3 oy mobaynida o’rtacha qancha sarflaganingizdan kelib chiqqan holda hisob 1 894,5 so`m dan 21 050 so`m ga qadar to’ldiriladi.
«Ishonchli to'lov» uch kunga taqdim etiladi, ushbu muddat o’tgach, mazkur mablag’ sarflanganmi yoki yo’qligidan qat’i nazar, u sizning hisobingizdan avtomatik ravishda chiqariladi.
Agar siz Ishonch to’lovining amal qilish muddati tugagunga qadar to’lovni amalga oshirmasangiz va taqdim etilgan Ishonch to’lovi mablag’ini sarflasangiz, unda hisobdan chiqarilgan mablag’ salbiy balansni tashkil etadi, sizning telefon raqamingiz bloklanadi. Raqamingizni blok holatiga tushib qolishini oldini olish maqsadida hisobingizni o’z vaqtida to’ldirishingizni tavsiya etamiz.
Siz «Ishonchli to'lov» xizmatini takroran faqat avvalgi taqdim etilishidan keyingi 5-chi kuni olishingiz mumkin.
Agar oxirgi 3 oy mobaynida o’rtacha mablag’ sarfi 4210 so`m dan ortiqni tashkil etsa, xizmat taqdim etiladi.